«Uchqo’rg’on-yog’» ochiq aktsiyadorlik jamiyati tarixi
Korxona qurilishi 1946 yilda asos solindi. 1947 yil zavod qurilishiga 16 gektar «Madaniyat» kolxozidan, 0,5 gektar «Kommuna» kolxozidan yer ajratildi.
Qurilish ishlarini «Sredazmaslostroy» tresti olib bordi. Qurilishga Moskva. Leningrad shaxarlaridan, Ukraina va Belarusiya Respublikalaridan quruvchi mutaxassislar jalb qilindi. Asosiy binolar 1950 yilda qurib bitkazildi.
1953 yil 23 iyundan korxona mahsulot bera boshlagan dastlabki kunlik ish quvvati 120 tn chigitni qayta ishlashga mo’ljallangan. Ishchilar soni 200 ta kishini tashkil qilgan.
Zavod qurilishi bilan bir qatorda turar joy binolari, bolalar bog’chasi, madaniy-maishiy ob’ektlar qurildi.
Korxona quvvatini oshirish maqsadida 1970 yildan boshlab asosiy bulimlar dastgoxlar bilan kengaytirilib uning kuvvati 400 tonna chigitni kayta ishlashga moslashtirildi.
1976 yilda okava suvlarini tozalash inshoati kurilib ishga tushirildi. Xozirda 1400 m3 xajmdagi suvni tozalash imkoniyatiga ega. 1970 yilda yordamchi xujalik tashkil etilib, ishchilarni arzon narxda gusht va sut maxsulotlari bilan ta’minlanib kelinmokda.
1985–1990 yillarda ikkita 48 xonadonlik turar joy binosi, 280 urinli bolalar bogchasi kurib foydalanishga topshirildi.
1995-96 yillarda ishchilar shaxarchasiga tabiiy gaz utkazildi.
1994 yil Uchkurgon-yog ekstrakt zavodi negizida «Uchkurgon-yog» OAJ tashkil eitlgan bulib davlat ulushi 25 foizni tashkil etadi.
2009 yil 1 iyun xolatiga ustav jamgarmasi 133420 ming sumdan iborat bulgan.
2014 yil 1 yanvar xolatiga jamiyat ustav jamgarmasi 2261342,2ming sumdan iborat bulgan, davlat ulushi 51,74 % ni, nominal kiymati 2217 sumdan 527746 dona egasi yozilgan oddiy aktsiyadan iborat bulib ja’mi kiymati 1170012,9 ming sumni tashkil etadi.
Jamiyat 1982 yil buyon Xitoy, Braziliya, Meksika, Amerika va Uzok shark davlatlardan keltirilgan soya xom ashesidan yeg ishlab chikarish tajribasiga ega buldi.
Soya xom ashyosini kayta ishlash, chigitni kayti ishlashga karaganda yumshok rejimda olib boriladi. Soya donidan maxsulot ishlab chikrishda biz ilgor texnologiyani kullayapmiz, natijada butun jaxon standartlariga javob beradigan maxsulot olishga erishilmokda. «Uchkurgon-yog» OAJ Fransiyaning «Oltin Arki» bosh unvoniga sazovor bulgan. Ispaniyada utkazilgan sifat kurigida soya kunjarasi «Oltin medalni» oldi. Respublikamiz yog-moy korxonalari urtasida bizni korxonamizda soya yogi, soya kunjarasi ishlab chikarish,rafinatsiyalangan soya yogni chikish kursatkichi yukori urinda turadi. Bu soxada korxonamiz yetuk tajribaga ega. Jamiyatda yangi texnika va texnologiyani, chet el investittsiyasini ishlab chikrishga joriy etish maksadida kator ishlar amalga oshirildi. 2005 yilda Frantsiyaning «STEKA» kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida usimlik yogini 1 litrlik PET idishlarga kadoklash dastgoxlari keltirildi va ishga tushirildi. 2006 yilda kadoklab sotilayotgan usimlik yogini siftini yaxshilash maksadida sutkasiga 30 tn maxsulot ishlab chikaradigan «Dezodoratsiya» ya’ni xidsizlantirish tsexi ishga tushirildi va xozirgi kunda sutkasiga 30 tn usimlik yogi kadoklanib iste’molga chikarilmokda.
2007 yil 4 choragida chet eldan eng zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan bir sutkada 40 tn o’simlik yog’ini dezodoratsiyalash (hidsizlantirish) tsexi olib kelib o’rnatilib ishga tushirildi, natijada aholi iste’moli uchun oliy navli hidsizlantirilgan o’simlik yog’lari ishlab chiqarilmoqda. 2011 yil 1 yanvaridan boshlab aholi ta’minoti uchun to’laligicha hidsizlantirilgan PET idishlarga qadoqlangan holda yetkazib berilmoqda.
2008 yilda 3 dona press agregatlari, 1 ta karuselь tipidagi ekstraktor, 4 dona «TAN» rusumli vertikal yangi filьtr, 4 dona elektron hisoblagich olib kelib o’rnatildi. Issiqlik energiyasidan oqilona foydalanish maqsadida Belgiya davlatining «Armstrong» firmasidan kondensat otvodchik va kondensat nasoslar olib kelib o’rnatilib ishga tushirildi. Buning natijasida 2008 yil davomida 17,5 mln so’mlik, 2009 yilda 21,2 mln.so’mlik va 2010 yilda 27,3 mln so’mlik issiqlik energiyasi tejaldi. Presslash tsexiga 3 dona yangi press agregatlarini o’rnatish, rafinatsiya va dezodoratsiya tsexlariga «TAN» rusumli vertikal yangi filьtr o’rnatish natijasida ishlab chiqarilayotgan o’simlik yog’ining sifat ko’rsatkichi ortdi yoki 2008-2010 yillar mobaynida 5000 p.metr filьtrmato iqtisod qilindi.
Korxonamizda yangi ishlab chiqarish tsexlari barpo etilishi munosabati bilan qo’shimcha issiqlik va elektr energiyasiga talab ortdi, shu munosabat bilan qiymati 203 mln.so’mlik 3 km uzunlikda ikki tarmoqli, 10 kvt yuqori kuchlanishli havo liniyasi, 6 yacheykalik tarqatish punkti hamda, qiymati 450 mln.so’mga teng, uzunligi 17 km.dan iborat bo’lgan o’rta bosimli tabiiy gaz liniyasi qurib ishga tushirildi.
Elektr energiyadan tejamli foydalanish maqsadida «Energotejash invest» korxonasi bilan lizing shartnomasi tuzilib, 57 mln.so’mlik (chastota o’zgartirgich, plavnыy pusk priborlari va 400 kvarli reaktiv quvvatni kompentsatsiolash qurilmasi) elektr-energiyasini tejash qurilmalari olib kelib o’rnatildi. Natijada 2009 yil yakuni bilan 9 mln 462 ming so’m, 2010 yil 11 mln 342 ming so’mlik elektro energiyasi iqtisod qilishga erishildi.
2008 yil oktyabrь oyida Rossiya va Xitoy respublikalaridan olib kelingan eng zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan bir sutkada 65 tn texnik salomas ishlab chiqarishga mo’ljallangan yangi «Vodorod kislorod va gidrogenizatsiya» tsexi qurilib ishga tushirildi va 54 nafar yosh mutaxassislar doimiy ish bilan ta’minlandi, 2008 yilda 1262 tn yoki qiymati 1mlrd 301 mln 854 ming so’mlik, 2009 yilda 5333 tn yoki qiymati 5 mlrd 501 mln 416 ming so’mlik texnik salomas ishlab chiqarildi , natijada byudjet to’lovlari uchun 2008 yilda 216 mln 975 ming so’m, 2009 yilda 1 mlrd 095 mln 870 ming so’m, 2010 yil davomida 1 mlrd 095 mln 258 ming so’m qo’shimcha to’lovlar amalga oshirilgan.
Bundan tashqari zamon talabiga javob beradigan quvvati bir yilda 4800 tonna sovun mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan «Uchqo’rg’on SOOP ekstrakt» MCHJ qurilishi yakunlanib ishga tushirildi. Loyiha bank kredtilari hisobiga ja’mi bahosi 885 ming AQSH dollarida belgilanib shundan 750 ming AQSH dollariga XXR dan jihozlar keltirildi va 197 mln.so’m mablag’ qurilish ishlariga sarflandi. Sovun ishlab chiqarish tsexi ishga tushirilishi natijasida qo’shimcha 50 kishilik ishchi o’rinlari yaratildi.
2011 yilning 3 choragida XXRdan har birining quvvati bir sutkada 150,0 tn texnik chigitni qayta ishlashga teng bo’lgan 3 dona press agregatlari olib kelib o’rnatildi.
Texnik salomas tarkibidagi xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan glitserin mahsulotini ajratib olish maqsadida X.X.Rdan yuqori unumli texnologik jihozlar olib kelinib jamiyatimizda sutkasiga 5 tn glitserin mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan yangi tsex qurib bitkazildi, hozirgi kunda montaj-sozlash ishlari yakunlanib namuna sifatida glitserin mahsuloti ishlab chiqarilib tegishli sertifikatlar olindi. Yangi glitserin tsexini ishga tushirilishi natijasida jamiyatimizda 24 nafar yosh mutaxassislar doimiy ish bilan ta’minlandi.
Hozirda jamiyatimizda bir sutkada 400 tonna texnik chigitni tuksizlantirib, bir yilda 12000 tonna lint ajratib olish quvvatiga ega bo’lgan “Linter” tsexi qurib ishga tushirildi.. “Linter” tsexi uchun zarur bo’lgan yuqori unumli texnologik jixozlari X.X.Rdan 2011 yilning noyabrь oyida olib kelinib, montaj-sozlash ishlari yakunlanib to’la quvvatda ishga tushirildi.
2013 yilda jamiyatimizda 299,5 ming AKSH dollariga XXRdan moyli texnik donlarni kuritish, tozalash va tayyorlov uskunasi olib kelinib tulik ishga tushirildi.
Uchkurgon-yog» ochik aktsionerlik jamiyati 2013 yil davomida sanoat maxsulotlari ishlab chikarish solishtirma narxda 38 mlrd 546 mln 935 ming sumni tashkil etdi. 2012 yilda bu kursatkich 36 mlrd 994 mln 324 ming sumni tashkil etib 2012 yilga nisbatan usish sur’ati 104,2 foizni tashkil etdi.
Xalk iste’mol mollari ishlab chikarish xakikatda 34 mlrd 005 mln 112 ming sumni tashkil etdi. 2012 yilda bu kursatkich 33 mlrd 912 mln 845 ming sumni tashkil kilib usish sura’ti 100,0 foizga bajarildi.
2013 yil davomida jamiyatimizda jami 45908 tn texnik chigit kayta ishlanib undan 8476 tn kora yog, 19970 tn shrot, 14809 tn sheluxa, 7459 tonna oklangan yog, 8328 tn texnik salomas, 606 tn glitserin, 7577 tn texnik salomas kislotasi va yangi turdagi maxsulot 1830 tn maxsar moyli ekini kayta ishlanib, bundan 550 tn kora yog, 1248 tn shrot, 486 tn rafinatsiyalangan maxsar yogi ishlab chikarildi.
Bundan tashkari 2807 tonna kungabokar doni kayta ishlanib 969 tonna kora kungabokar yogi, 1778 kungabokar shrot va 862 tn kungabokar rafinatsiyalangan yogi ishlab chikarildi.