Aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi «Uchqo’rg’on-yog’» O’zbekiston Respublikasi «Oziq – ovqat sanoati korxonalari» uyushmasi tarkibiga kiradi. Aktsiyadorlik jamiyati tarkibida davlat ulushi 51,7 % ni tashkil etadi.
Korxona manzili ; Namangan viloyati, Uchqo’rg’on shaxri, Qurbonaliev ko’cha -2 uy.
Korxona umumiy maydoni 13,72 ga
Korxona ishlab chiqarish maydoni 11,14 ga
O’zbekiston Respublikasi «Davlat Mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab - quvvatlash » qo’mitasi Namangan viloyat boshqarmasining 1994 yil 25 oktyabrdagi 664 K–PO sonli buyrug’iga asosan xususiylashtirilgan va ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan. «Uchqo’rg’on-yog’» ochiq aktsiyadorlik jamiyati Namangan viloyat Adliya boshqarmasidan 1994 yil 25 aprelda 293 – son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan .
Korxonaning to’liq nomi :«Uchqo’rg’on–yog’»aktsiyadorlik jamiyati.
Manzilgohi: Uchqo’rg’on shaxri,
Qurbonaliev ko’chasi №2 uy
Indeks: 106903
Bank rekvizitlari: OAITB «Ipak yo’li» Namangan bo’limi
X/r: 20208000200373728001
MFO: 01054
INN: 200062804
Uchqo’rg’on tuman hokimligi xuzuridagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini Davlat ro’yxatidan o’tkazish inspektsiyasi” tomonidan 2013 yil 12 iyul kuni 73- sonli raqam bilan ro’yxatga olindi xamda jamiyat ustav fondi 2 261 342 217 so’mga yetkazildi, har bir dona aktsiyaning nominal qiymati 2217 so’mni tashkil etib, Davlat ulushi 1 170 012 882 so’mdan iborat.
2014 yil 1-yanvarda asosiy ishlab chiqarish fondlari 4487080 ming so’mni tashkil qildi.
Shu jumladan:
Ishlab chiqarish uskunalari asosan texnik paxta chigitini, soya va kungaboqar maxsar donlarini qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, uzluksiz ish tartibida ishlaydi. Korxonaning bir sutkalik quvvati ishlab chiqarish reglamentiga asosan 400 tonna paxta chigiti, 200 tonna kungaboqar,soya va maxsar donlarini qayta ishlash quvvatiga ega. Bu esa bir yilda 126,0 ming tonna texnik chigitini qayta ishlash imkonini beradi. Asosiy maxsulot bo’lgan o’simlik yog’i presslash va ekstraktsiya yo’li bilan olinadi.
ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR.
1. Paxta chigitini qabul qilish va saqlash.
2. Paxta chigitini tozalash, namlash, chaqish.
3. Paxta chigitini mag’zini po’chog’idan ajratib, keyingi ishlab chiqarish jarayoniga yuborish.
4. Yadroni ezish, issiqlik va namlik yordamida yog’ini olishga tayyorlash.
5.Press agregati yordamida mag’izdan yog’ini olish, kunjarasini ekstraktsiya jarayonlarga uzatish.
6. Preslov tsexidan chiqqan kunjarani ekstraktsiya tsexida qayta ishlanib tarkibida qolgan yog’ni olib,yog’oqlov tsexiga uzatish, olingan shrotni esa shrot omboriga chorvachilik fermer xo’jaliklariva axoli chorvasi uchun O’z.RTSB ning filiali orqali omuxta yem shaxobchalari orqali yetkazib berish.
7. Preslov va ekstraktsiya tsexidan olingan qora yog’ni yog’oqlashtsexiga alohida trubalar orqali uzatilib, ishqor va gidrotatsiya usuli bilan oqlanadiva, tayyor mahsulot – oqlangan o’simlik yog’i olinadi. Oqlash jarayonida ajralib chiqqan soapstok xom yog’kislotalari (SJK)ishlab chiqarishbo’limigaberiladi. Ekstraktsiya tsexidan olinganekstraktsiya qorayog’i oqlanib, olingan texnik yog’asosan texnik salomas ishlab chiqarish uchun “Vodorod – kislorod va Gidrogenizatsiya”tsexiga xom-ashyo sifatida beriladi. Bir qismi xidsizlantirilib va PET idishlarga qadoqlanib iste’molchilarga yetkazib beriladi.
Presslash usulida olingan forpress iste’mol yog’ioqlanib,xidsizlantirilib to’laligicha PET idishlarga qadoqlanib,viloyat aholisi iste’moliuchun Respublika tovar xom ashyo birjasi viloyat savdolari orqali yetkazib beriladi.Korxona to’xtovsiz, uch smenali ish tartibida ishlaydi. Korxonaning 100% xom-ashyoga nisbatan choraklar bo’yicha qayta ishlashga yetkazib berilishi quyidagicha:
1-chorak 21,4%
2-chorak 30,9%
3-chorak 9,5%
4-chorak 38,2%
Korxonadagi raxbar va mutaxassis ishchi xodimlarni shartnoma asosida kelishilgan Respublikadagi malaka oshirish va korxonalar bilan institutlari bilan doimiy yaqin aloqada bo’lib tajriba almashib turadilar.