Oqsil va uglevodlar almashinishida ishtirok etadi, xotirani kuchaytiradi, organizga ijobqy ta’sir ko’rsatadi.
Sharqda, paxta yog’i asosiy o’usimlik yog’i hisoblanadi.
Aytishlaricha, paxta terayotgan odamlarning qo’llari xatto qariyalik davrida ham o’z mayinligi, silliqligi va yoshligini yoqotmaydi.
Antiseptik va tibbiyot xususiyatlariga ko’ra kir sovuni ko’plab tibbiy dori-darmonlardan qolishmaydi.
Asosiy mahsulot turlari va sifati:
Asosiy tsexlar: Forpress, ekstraktsiya va yog’oqlashtsexlari.
Yordamchi tsexlar: bug’-qozonlari bo’limi, mexanika tsexi, elektr tsexi, markaziy va gaz-chang laboratoriyalari, nazorat o’lchov va kip.avtomatika bo’limi,transport bo’limi, markaziy ombor, tayyor maxsulotlar omborlari. Bundan tashqari korxonada ishchilar oshxonasi,madaniyat saroyi, sport kompleksi, yordamchi xo’jalik mavjud.
Korxona asosan oqlangan o’simlik yog’i, texnik salomas, shrot, sheluxa, soapstok, xo’jalik sovuni, glitserin, texnik salomasni qayta ishlashdan hosil bo’lgan yog’ kislotasi ishlab chiqaradi. Jami tovar mahsulot hajmida mahsulotlarning miqdori:
paxta yog’i 21,6%
shrot 18%
sheluxa 5,7%
Glitserin 7,27%
Texnik salomas yog’kislotasi 38,42%
Xo’jalik sovuni 6,54%
va hokazo 2,9 % ni tashkil qiladi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifati viloyatimizdagi SZS, sifatmaxsus laboratoriyalari va korxonaning markaziy laboratoriyasi tomonidan tekshirib boriladi. Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati olingan. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar Davlat standartlariga va texnik shart me’yorlariga to’liqjavob beradi.Korxona ma’muriyati va mutaxasislari ishlab chiqarilgan maxsulot sifatini oshirish bo’yicha doim izlanishdalar. Shu sababdan maxsulotlar sifati va chiqish miqdori yildan-yilga faqat ortib bormoqda.